"El Mundo Financiero": O'zbekiston faol, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni olib bormoqda
Aprel 25, 2025. 11:52 • 2 daq
• 71
MADRID, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning yetakchi "El Mundo Financiero" elektron nashrida "Yangi O'zbekiston diplomatiyasi: O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faol, pragmatik va ochiq tashqi siyosati" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, BMTning Inson huquqlari Qo'mitasi a'zosi, akademik Akmal Saidov qalamiga mansub mazkur maqolada davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari, ilgari surilayotgan global tashabbuslar va yurtimiz mezbonlik qilayotgan xalqaro anjumanlarning ahamiyati batafsil tahlil qilingan.
Qayd etilganidek, so'nggi yillarda mamlakatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlar tahlil qilinib, O'zbekistonning xalqaro maydondagi raqobatbardosh davlat va ishonchli hamkor maqomi sezilarli darajada mustahkamlanib borayotgani haqida so'z boradi. "O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan ko'plab xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan tashabbuslarning jahon hamjamiyati tomonidan bir ovozdan qo'llab- quvvatlanishi esa mamlakat rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan progressiv islohotlarning mantiqiy natijasidir", – deb yozgan muallif.
Shuningdek, nashrda O'zbekiston BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan global muammolarni hal etish bo'yicha samarali hamkorlikni rivojlantirayotgani qayd etilgan. Tashkilot doirasida 140 ta qo'shma dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani hamda O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 11 maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani ham alohida urg'ulangan.
"Faol va pragmatik tashqi siyosat tufayli O'zbekiston xalqaro siyosat markazlaridan biriga aylanmoqda. Bunga yana bir tasdiq 2025-yil 5-9-aprel kunlari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Ijtimoiy taraqqiyot va adolat yo'lida parlamentning o'rni" mavzusidagi Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o'tkazildi. Assambleya doirasida "Yosh parlamentariylar forumi" bo'lib o'tdi. Forumda yuzdan ortiq mamlakatdan 2000 ga yaqin parlamentariy 20 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar ishtirok etdi", – deyiladi maqolada.
Nashrda yozilishicha, ushbu misollar ham O'zbekiston faol tashqi siyosat va ko'p vektorli tashqi iqtisodiy hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganini yaqqol namoyon etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi