Logo

Ispaniya OAV: O'zbekistonning ko'p vektorli siyosati turli mintaqaviy tuzilmalar doirasida erkin va muvozanatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan

Oktabr 14, 2025. 16:36 • 2 daq

34
Ispaniya OAV: O'zbekistonning ko'p vektorli siyosati turli mintaqaviy tuzilmalar doirasida erkin va muvozanatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan

MADRID, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "Galisia Digital" onlayn portalida "O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikdan manfaatdor: Turkiy davlatlar tashkilotidan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligigacha" sarlavhasi maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda yozilganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-sentyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida ikki mamlakat o'rtasidagi barqaror savdo munosabatlarini saqlab qolish, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilindi.

"Shu yilning 6- va 7-oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Gabala shahriga tashrif buyurdi va Turkiy davlat tashkilotiga a'zo Davlatlar rahbarlarining 12-sammitida ishtirok etdi. Sammitning markaziy mavzusi mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik masalalari bo'ldi", – deyiladi maqolada.

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Prezidenti etib saylanganidan buyon uning asosiy ustuvor vazifalaridan biri qo'shni davlatlar bilan turli kelishmovchiliklarni xususan, chegara masalalarini hal qilish bo'ldi. O'zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya bilan mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.

Ispaniya OAV ma'lum qilganidek, O'zbekiston Prezidenti Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan ikkinchi "Markaziy Osiyo – Rossiya" sammitida va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishida ham qatnashdi.

Yig'ilishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirishning muhim yo'nalishlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda muhokama qilindi. Hamdo'stlik doirasida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan qator hujjatlar ham kelishib olindi va imzolandi.

"O'zbekistonning ko'p vektorli siyosati Turkiy davlatlar tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi turli mintaqaviy tuzilmalar doirasida erkin va muvozanatli o'zaro hamkorlik qilishga qaratilgan. Bunday yondashuv o'zaro hamjihatlikni ta'minlaydi, hamkorlikni kengaytiradi va mintaqaning xalqaro maydondagi rolini oshiradi", – deyiladi "Galisia Digital" maqolasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish