"Nabd Al Hadath": Farg'ona bir necha kun mobaynida xalqaro muloqot va hamkorlik markaziga aylanadi
Oktabr 14, 2025. 16:02 • 2 daq
• 39
AR-RIYOZ, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Nabd Al Hadath" nashrida "Farg'ona shahrida Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola elon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda joriy yilning 15-16-oktyabr kunlari "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusida Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi o'tkazilishi ma'lum qilingan.
"Farg'ona bir necha kun mobaynida xalqaro muloqot va hamkorlik markaziga aylanadi. Ikki kun davom etadigan anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Forumning asosiy maqsadi muloqot, o'zaro ishonch, yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash va Farg'ona vodiysini rivojlantirishning umumiy strategiyasini ishlab chiqish uchun doimiy faoliyat yurituvchi platformani yaratishdan iborat", – deyilgan materialda.
Ta'kidlanishicha, tadbir kun tartibidan Farg'ona vodiysining barqarorligi va izchil rivojlanishini ta'minlash, uning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xususiy sektor, yoshlar va fuqarolik jamiyatining rolini kengaytirish masalalari o'rin olgan.
Bo'lajak yig'ilishning asosiy o'ziga xos jihati uning inklyuziv xarakterida namoyon bo'ladi. Unda fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va ayollar tashkilotlari, shuningdek ekspert hamda akademik doiralar vakillari faol ishtirok etadilar.
"Farg'ona vodiysida tinchlik O'zbekiston, Qirg'iziston hamda Tojikiston yetakchilarining qat'iy siyosiy irodasi, shuningdek, mavjud tafovutlarni o'zaro hamkorlik va kuch manbaiga aylantira olgan mahalliy hamjamiyatlarning fidokorona sa'y-harakatlari natijasida ta'minlandi," – deya SMTI direktori Eldor Aripovning bo'lajak tadbir haqidagi fikrlari iqtibos keltirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi