Belgiya OAV O'zbekistondagi islohotlar va migratsiya siyosati haqida yozmoqda
Oktabr 22, 2025. 19:42 • 2 daq
• 100
BRYUSSEL, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Belgiyaning nufuzli ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston hayotiga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan "Eureflect", "Eutoday" va "Brussels Times" nashrlarida O'zbekistonning Belgiya va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligiga bag'ishlangan maqolalar joylashtirishdi.
Nashrlarda qayd etilganidek, so'nggi yillarda O'zbekiston hozirgi geosiyosiy keskinliklar va global iqtisodiy noaniqlik sharoitida barqarorlikning asosiy tayanchi bo'lmish Yevropa bilan hamkorlikning yangi tizimini faol ravishda akllantirmoqda. O'zbekiston bilan Yevropa davlatlari o'rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib, hamkorlik yo'nalishlari kengaymoqda, bu O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qo'llab-quvvatlanmoqda.
"O'zbekiston mustaqillikka erishgach, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari jadal rivojlandi. 1992-yilda O'zbekiston hukumati va Yevropa Komissiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi, 1994-yilda diplomatik munosabatlar o'rnatildi. Hamkorlik poydevori 1996-yil iyun oyida imzolangan va 1999-yilda kuchga kirgan Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim bilan qo'yilgan. Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Prezidenti etib saylanishi bilan vaziyat tubdan o'zgardi. Yevrokomissiyaning xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo'yicha bosh direktori Stefano Manservisi 2017-yildayoq Toshkentga tashrifi chog'ida "YEI O'zbekistonni strategik hamkor deb bilishini" ta'kidlagan edi", – deyilgan maqolalarda.
Qayd etilganidek, islohotlar rivoji bilan Yevropa bilan munosabatlarning huquqiy va institutsional asoslari jadal kengaydi. Ilgari O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi PCA doirasida bir-biriga eng qulay davlat rejimini taqdim etgan bo'lsa, 2021-yil aprel oyida Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga GSP+ benefitsiar maqomini berdi va 2022 yilda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim (EPCA) parafilandi.
Belgiyaning "Eutoday" saytida O'zbekistonning migratsiya siyosatiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi. Unda mamlakatning migratsiyani boshqarishda tizimli va odamlarga yo'naltirilgan yondashuviga urg'u berilgan. Maqolada islohotlar, Yevropa va Osiyo davlatlari bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar, fuqarolarning xorijdagi huquqlarini himoya qilish, migrantlarga kasb-hunar o'rgatish, xorijda qonuniy, xavfsiz va munosib ish bilan ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlar haqida so'z boradi.
"Eureporter" elekron nashri O'zbekiston va Belgiya o'rtasidagi qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari, O'zbekistonning Yevropa uchun muhim logistika va savdo sherigi sifatidagi salohiyati haqida yozdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi