"La Vanguardia" gazetasi: O'zbekiston 2025 yil yoz mavsumida ispaniyaliklar orasida sayohat qilish uchun eng mashhur yo'nalishlardan biriga aylandi
Iyul 10, 2025. 12:00 • 59 soniya
• 79
MADRID, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning ommabop "La Vanguardia" gazetasida "Mapa Tours" 2025-yil yozining sayyohlik tendensiyalarini ochib beradi: O'zbekiston, Norvegiya va Xorvatiya mashhur yo'nalishlar qatorida" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston 2025-yil yoz mavsumida ispaniyalik sayyohlar orasida eng ko'p talab qilinadigan yo'nalishlardan biriga aylangani ma'lum qilingan.
Maqolada O'zbekiston "Mapa Tours" mijozlari orasida Norvegiya, Boltiqbo'yi davlatlari, Xorvatiya, Ruminiya, Sloveniya, Sitsiliya, Markaziy Yevropa va Misr kabi mamlakatlar qatorida eng mashhur yo'nalishlardan biri bo'lib qalayotgani qayd etilgan. Ushbu mamlakatlar o'zining boy madaniy merosi, qiziqarli tarixi va tabiiy landshaftlari bilan bir-biridan ajralib turadi ham sayyohlarni faol jalb etmoqda.
"Bu yo'nalishlarga talabning yuqoriligi ajablanarli emas, chunki bu tendensiya noyob va g'ayrioddiy joylarni ko'rish, kundalik hayotdan chetga chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga mazkur davlatlarga sayohat Ispaniyadagi an'anaviy yozgi ta'tilga nisbatan ko'p moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi", – deya "Mapa Group Travel" bosh direktori Devid More so'zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Maqola xulosasida "Boy madaniy meros, noyob tarixiy obidalar va xilma-xil tabiiy landshaftlar O'zbekistonni yangi taassurotlar va haqiqiy sayohatni izlayotganlar uchun yana-da jozibador tanlovga aylantiradi",– deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi