"Asdaa Oman" gazetasi:O'zbekiston xalqaro maydonda faol va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olinmoqda
Avgust 07, 2025. 19:04 • 2 daq
• 46
MASQAT, 8 avgust. /"Dunyo" AA/. O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida O'zbekiston Oliy Majlis Senati a'zosi Jamila Bobonazarova qalamiga mansub "Yangi O'zbekiston o'zining 34 yillik mustaqilligi bo'sag'asida" sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida davlatchilik asoslari mustahkamlanganini, tinchlik, millatlararo totuvlik va qonun ustuvorligi ta'minlanganini ta'kidlagan.
"Yangi O'zbekiston sharoitida mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 110 milliard dollardan oshdi. Xususan, 2024 yilda o'zaro Yevropa Ittifoqi bilan tovar ayirboshlash hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etib, o'sish 5,2 foizga yetdi. Mamlakatda YEI mamlakatlari ishtirokidagi 1000 dan ziyod korxona ta'sis etilib, investitsiyalar umumiy hajmi 30 milliard yevroni tashkil qilmoqda" – deyilgan maqolada.
Nashrda, shuningdek, AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya va qo'shni mamlakatlar bilan strategik hamkorlik kengayayotganiga alohida urg'u berilgan.
2025 yilning birinchi yarmida iqtisodiy o'sish 6,8 foiz, bozor xizmatlari 13,5 foiz, sanoat 6,3 foiz, qurilish 9,7 foiz va qishloq xo'jaligi 4 foizga o'sgandi. Eksport hajmi esa 16,9 milliard dollarga yetib, yangi 1 557 eksportchi korxona 650 million dollarlik mahsulot ishlab chiqargan.
"Siyosiy va iqtisodiy diplomatiya orqali O'zbekiston xalqaro maydonda faol va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olinmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga "Oliy Darajali Do'stlik" ordeni topshirilishi esa mamlakatning tinchlik va hamkorlik yo'lidagi izchil harakatlarini e'tirof etadi", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi