Germaniya OAV: O'zbekiston xalqaro IT-autsorsing bo'yicha strategik muhim markazga aylanib bormoqda
Oktabr 21, 2025. 16:32 • 2 daq
• 47
BERLIN, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo'mitasi saytida O'zbekiston elchixonasida o'tkazilgan "Uzbekistan Outsourcing Conference" anjumani haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, soha ekspertlari bugun O'zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasida shiddat bilan yuksalib borayotgan davlat sifatida qarashmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va jadal rivojlanib borayotgan sanoat modernizatsiyasi xorijiy investorlar e'tiborini o'ziga tortmoqda. Iqtisodiyot va jamiyatda kuchli innovativ iroda bilan amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar jarayonida bilimli va yuqori salohiyatli yosh avlod ham faol ishtirok etmoqda. Natijada mamlakat xalqaro IT-autsorsing bo'yicha tobora strategik muhim makon sari katta qadam tashlamoqda.
Ta'kidlanishicha, "German Economic Team" Germaniya iqtisodiyoti tadqiqot markazi tomonidan o'tkazilgan so'nggi tahlillarga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyotining IT-sektori yiliga o'rtacha 40 foizdan yuqori o'sishni ko'rsatmoqda. IT eksporti 42 million dollardan (2020-y.) 447 million dollarga (2023-y.)ga oshgan va o'sish tendensiyasi davom etmoqda.
"IT-Park Uzbekistan" axborot texnologiyalari sohasidagi rivojlanishlarning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib qolmoqda. 2019-yilda tashkil etilgan park xalqaro IT-kompaniyalar va startaplar uchun markaz vazifasini o'tamoqda. IT ayniqsa, nol foizli korporativ soliq, yengillashtirilgan IT-viza rejimi va boshqa imtiyozlar orqali autsorsing va investitsiyalar uchun jozibali shart-sharoitlarni yaratmoqda. 2024-yilda "IT-Park"da faoliyat yuritadigan kompaniyalar eksporti taxminan 900 million dollarga yetgan, xodimlar soni esa 45 mingdan oshgan", – deb yozilgan nashrda.
Qayd etilishicha, bunday rivojlanish ko'rsatkichlari Germaniya va O'zbekiston hamkorlik munosabatlarida, ayniqsa, autsorsing, IT-tadqiqotlar va qobiliyatli yoshlarni qo'llab-quvvatlash sohalarida yangi yo'nalishlarni ochib bermoqda. Shuningdek, "IT-Park" xalqaro kompaniyalarga bozorga kirishda ham yaqindan yordam ko'rsatadi va barqaror rivojlanish muhitni ta'minlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi