Xiva shahrining qadimiy merosi va sayyolik salohiyati Ispaniya OAV diqqat markazida
Oktabr 14, 2025. 17:39 • 53 soniya
• 43
MADRID, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "Valencia Plaza" elektron portalida "Xiva – O'zbekistondagi qadimiy qal'alar shahri" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif o'z maqolasida O'zbekistonga, xususan Xivaga safari taassurotlarini qalamga olgan. U safar davomida e'tiborini ko'proq tortgan tarixiy obidalar haqidagi ma'lumotlarni ispan o'quvchilariga taqdim qilgan. Muallif baland devor bilan o'ralgan qadimiy Ichan-qal'aga kirib borar ekan, o'zini xuddi vaqt mashinasida o'tmishga tushib qolgandek his qilganini ta'kidlagan.
Sayohatchi-jurnalist Xiva shaharining ramzi bo'lgan Kalta-minorni batafsil tasvirlaydi. "Bu qurilishi tugallanmagan minora Xiva xoni Muhammad Aminxon davriga tegishli", – deb yozgan muallif.
Ispan muxbiri ma'lum qilganidek, Xivaning asosiy jozibasi yagona obidada emas, balki barcha 51 ta tarixiy inshootning o'zaro uyg'unligidadir. "YUNESKO Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Xiva shahridagi Ichan-qal'a kechasi butunlay o'zgacha qiyofada namoyon bo'ldi. Xivaga sayohat – bu tarix, san'at va inson ambitsiyalarining o'zaro bog'liqligini chuqur anglashga imkon beradigan onlardir", – deyilgan nashrda.
Muallif maqolasini "Xivadaga qadimiy obidalar ikkinchisini takrorlamaydi, biroq ular birgalikda yaxlit ansamblni tashkil qiladi" – degan so'zlar bilan yakunlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi