"Kabar" QMAA: O'zbekistonning BMT Statistika komissiyasiga saylangani mamlakatdagi ortga qaytmas islohotlarning xalqaro miqyosda tan olinganidan dalolatdir
Aprel 30, 2025. 09:09 • 2 daq
• 81
BISHKEK, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. "Kabar" Qirg'iziston milliy axborot agentligi O'zbekistonning BMT Statistika komissiyasiga a'zo bo'lgani haqidagi maqolani ingliz va rus tillarida e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma'lum qilinganidek, Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan BMT Statistika komissiyasining 2026-2029-yillarga a'zo davlatlarini saylash jarayonida O'zbekiston o'z tarixida ilk marta ushbu organ a'zosi etib bir ovozdan saylandi.
Qayd etilishicha, Statistika komissiyasi 1947-yilda BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (IIK) tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan. U xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy hukumatlararo tashkilot bo'lib, universal statistika standartlari va metodologik prinsiplarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi. Komissiya 24 ta davlatdan iborat bo'lib, ular 4 yilda bir marta geografik taqsimotni hisobga olib saylanadi.
"O'zbekistonning ushbu organ a'zosi etib saylanishi mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarning xalqaro miqyosda tan olinganligini va mamlakatning global jarayonlardagi o'sib borayotgan rolini ko'rsatadi", – deyilgan materialda.
Maqola yakunida "Statistika komissiyasiga to'liq a'zo bo'lish O'zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi