Logo

Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining bo'lajak birinchi yig'ilishi Xitoy OAV diqqat markazida

May 18, 2025. 12:33 • 37 soniya

90
Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining bo'lajak birinchi yig'ilishi Xitoy OAV diqqat markazida

PEKIN, 18-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning yetakchi "Sinxua" axborot agentligi Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishiga bag'ishlangan maqolani tarqatdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda shu yilning 19-21-may kunlari "Tinchlik, do'stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusidagi Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tishi haqidagi aniq ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim etilgan.

Tashkilotchilar – O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

 "Forum ishtirokchilari Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladilar", – deb yozgan "Sinxua" agentligi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish