Logo

Misr OAV Sulton Sayfiddin Qutuz merosiga bag'ishlab o'tkazilgan ilmiy anjuman haqida yozmoqda

Iyun 19, 2025. 09:24 • 2 daq

46
Misr OAV Sulton Sayfiddin Qutuz merosiga bag'ishlab o'tkazilgan ilmiy anjuman haqida yozmoqda

QOHIRA, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Misrning "youm7.com", "almsaey.akhbarelyom.com", "mwatan.news", "soutalomam.net",  "zahraa.mr", https://slashweb.net.eg"alsyasawaltaqa.com" va "al-safir.com" kabi yetakchi elektron ommaviy axborot vositalarida Misr poytaxtida bo'lib o'tgan "Sulton Sayfiddin Qutuz tarixidagi yangi sahifalar" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ularda Misr davlat kutubxonasida "Sulton Sayfiddin Qutuz tarixidagi yangi sahifalar" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tgani ma'lum qilingan.

"Anjumanni ochib bergan O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev, Misr davlat kutubxonasi fondi direktori, elchi Rizo al-Toifiy hamda o'zbek va ingliz tillarida yozilgan "Sayfiddin Qutuz – co'nggi zarba" nomli kitob muallifi Bekzod Abdirimov bu kabi tadbirlarning ikki birodar davlat o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatini ta'kidladilar. O'zbekiston va Misrdan tarixchilar, yozuvchilar hamda san'at sohasi vakillari qatnashgan tadbirda ikki davlat xalqlari o'rtasidagi asrlar davomidagi tarixiy aloqalarga muhokama qilindi", – deyiladi maqolada.

Ta'kidlanishicha, ishtirokchilar bugun nafaqat umumiy tariximizning shonli sahifalarini yana bir bor yodga olish, balki ikki xalqni bog'lab turgan madaniy va tamadduniy rishtalarni chuqurroq anglash muhimligini ta'kidladilar.

"Islom dunyosi tarixidagi qahramon siymolardan biri – Qutuz Xorazmshohlar davlati hududida, ko'hna Xorazmda tug'ilgan. Yoshligida ona vatanini tark etgan Sulton Sayfiddin Misr sultoni darajasiga yetib, 1260-yilda Ayn Jolut jangida mo'g'ullarga qarshi hal qiluvchi g'alabaga erishdi hamda Misr va islom olamining katta qismini muqarrar qirg'indan saqlab qoldi", – deb yozgan Misr OAV.

Anjumanda O'zbekiston va Misr o'rtasidagi munosabatlar birgina tarixiy shaxs bilan cheklanib qolmasligi, asrlar davomida olimlar, savdogarlar, talabalar va davlat arboblari ikki mintaqa o'rtasida qatnab, bilim va qadriyatlar almashinuvi orqali har ikki sivilizatsiyani boyitgani qayd etildi. Ahmad Al-Farg'oniy, Misrda hukm surgan Tuluniylar, Ixshidiylar, Xorazmshohlar va Mamluklar davridan tortib, Al-Azhar va Naqshbandiya an'analarigacha – ikki xalqni o'zaro hurmat va umumiy taqdir uyg'unligi bog'lab turgan.

"Shuningdek, so'zga chiqqanlar O'zbekiston va Misr kinoijodkorlari tomonidan Sulton Sayfiddin Qutuz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo'yicha tashabbusni ilgari surdilar. Bunday loyihalar ikki xalq o'rtasidagi ming yillik do'stlikni bugungi va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim vosita bo'ladi", – deya urug'langan maqolalarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish