Logo

Misr OAV: O'zbekiston va YI o'rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy natijalarga qaratilgan strategik ittifoqdir

Oktabr 25, 2025. 16:03 • 2 daq

43
Misr OAV: O'zbekiston va YI o'rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy natijalarga qaratilgan strategik ittifoqdir

QOHIRA, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Misrning "Sada al-Balad" axborot agentligi "Turizm O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikda ko'prik sifatida" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda so'nggi yillarda turizm O'zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasida ustuvor yo'nalishga aylangani ta'kidlangan. Ushbu siyosat doirasida mamlakat YI bilan hamkorlikni faol rivojlantirib, turizm sohasini iqtisodiy o'sish, madaniy almashinuv va xalqaro imijini mustahkamlash uchun kuchli vositaga aylantirmoqda.

"YI bilan hamkorlik qo'shma infratuzilma va raqamli loyihalardan tortib, turizmni global miqyosda targ'ib qilishgacha bo'lgan keng ko'lamli tashabbuslarni qamrab oladi. 2025-yil aprel oyida Samarqandda birinchi "Markaziy Osiyo-YI" sammitining o'tkazilishi muhim bosqich bo'ldi, unda turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan strategik sheriklik to'g'risidagi deklaratsiya qabul qilindi", – deyilgan manbada.

O'zbekistonning turizm imijini xalqaro platformalarda targ'ib qilishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlangan. Euronews, BBC, CNN va National Geographic kabi yetakchi ommaviy axborot vositalari mamlakatni istiqbolli yo'nalish sifatida taqdim etadi va Yevropadan turizmning o'sishiga hissa qo'shyapti.

Maqola xulosasida "O'zbekiston va YI o'rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik shunchaki tajriba almashish emas, balki aniq iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy natijalarga qaratilgan strategik ittifoqdir. Hamkorlik mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochadi, xalqlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va Markaziy Osiyoni dunyo uchun yana-da ochiq va jozibador qiladi", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish