Logo

"Passauer Neue Presse" gazetasi: O'zbekiston sayohatni xush kuruvchilar uchun chinakam kashfiyot

May 02, 2025. 17:52 • 2 daq

86
"Passauer Neue Presse" gazetasi: O'zbekiston sayohatni xush kuruvchilar uchun chinakam kashfiyot

BERLIN, 2-may /"Dunyo" AA/. Germaniyaning "Passauer Neue Presse" gazetasida O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif, mazkur nashr muxbiri Katarina Shavar ushbu maqolasida O'zbekistonga uyushtirilgan press-tur davomida olgan taassurotlarini qog'ozga tushirgan. Unga yurtimiz bo'ylab qilgan sayohatida hamyurti Gerxard Birkl hamrohlik qilgan va uning fikrlari ham maqoladan joy olgan.  

"O'zbekiston sayohatni xush kuruvchilar uchun chinakam kashfiyot. Gerxard Birkl ilk bor 10 yil muqaddam ushbu Sharq mamlakatiga borgan. U bu ajoyib o'lkaga shu qadar maftun bo'lgandiki, shundan buyon har yili bir marta bo'lsada ushbu sehrli diyorga sayohat qilishni odat qilgan",– deb yozgan muallif.

Maqolada sayohatchi Gerxard Birklning yurtimiz bo'ylab ilk sayohati va poyezdlarning o'sha paytdagi holati haqidagi qo'yidagi fikrlari o'rin olgan: "O'n yil avval O'zbekiston shaharlarini o'zaro bog'laydigan poyezdlarning holati bugungidek, emas edi. Yo'lda bizga choy taklif qilishardi, bu haqiqiy sharqona mehmondo'stlik va bizga bo'lgan e'tibor bo'lgan. Shuningdek, bu bizga mavjud qiyinchiliklarni yengib o'tishimizga yordam berardi. Bugun esa bu yo'nalishda harakatlanuvchi zamonaviy "Afrosiyob" tezyurar poyezdi tufayli sayohat butunlay yaxshilangan va yana-da qulay sharoitlar taklif etilyapti". 

 Ta'kidlanishicha, O'zbekistoning Samarqand shahri o'zining asori-atiqalari, tarixiy yodgorliklari, moviy gumbazli va hashamatli maqbaralari hamda madrasalari bilan har qanday didi nozik sayyohni ham maftun etadi. Qayd etilganidek, O'zbekistondagi tarixiy yodgorliklarni ta'mirlash va asrab-avaylashga respublika hukumati tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda.

Nemis jurnalisti sayohatga ishtiyoqmand nemis o'quvchilari e'tiboriga, shuningdek, Buxoro va Toshkent shaharlarining tarixiy va bugungi qiyofasi to'g'risidagi aniq ma'lumotlarni ham taqdim qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish