Pokiston OAV O'zbekiston–Mo'g'uliston ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati va istiqbollari haqida yozmoqda
Iyun 25, 2025. 15:11 • 2 daq
• 51
ISLOMOBOD, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo'g'ulistonga davlat tashrifi arafasida Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida ikki mamlakatning turli sohalardagi hamkorligining joriy holati va istiqbollariga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, "Daily Ittehad" gazetasida "O'zbekiston – Mo'g'uliston: tarixiy yaqinlik va strategik manfaatlarga asoslangan muloqot" sarlavhali maqola chop etildi.
Unda O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 25-yanvarda o'rnatilgani, shundan buyon ikki tomonlama muloqot izchil rivojlanib, do'stlik rishtalari, siyosiy hamjihatlikni mustahkamlash va ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan o'zaro manfaatdor ekanini namoyon etayotgani ta'kidlangan.
"O'tgan yillar davomida tomonlar suverenitetni hurmat qilish va o'zaro tenglik asosidagi barqaror munosabatlarni o'rnatdilar. So'nggi yillarda O'zbekiston-Mo'g'uliston siyosiy muloqotining faollashgani kuzatilyapti. Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 2022-yilda SHHT Samarqand sammitidagi ishtiroki doirasida O'zbekistonga tashrif buyurdi. O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilari 2023-yil 1-dekabr kuni Dubay shahrida bo'lib o'tgan BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi doirasida ham uchrashdilar", – deyilgan maqolada.
"Daily Spokesman" gazetasi va "World News" yangiliklar portalida "O'zbekiston-Mo'g'uliston hamkorligi: ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichi" sarlavhali maqolani o'z o'quvchilari e'tiboriga taqdim qildi. Mazkur maqolada O'zbekiston va Mo'g'uliston ikki tomonlama munosabatlari batafsil tahlil qilingan.
Pokistonning "Independence News Pakistan – iNP" axborot agentligi, "Margalla Tribune" jurnali va "The Khyber Mail" gazetasi "O'zbekiston va Mo'g'uliston: savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari" sarlavhali maqolalarni e'lon qildi. Nashrlarda O'zbekiston-Mo'g'uliston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning holati va istiqbollari haqida so'z yuritilgan.
Qayd etilganidek, O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik hali o'zining to'liq salohiyatini namoyon etgani yo'q. Eng asosiysi har ikki tomon ham uni faollashtirishdan manfaatdor ekanini ko'rsatmoqda. Mo'g'uliston O'zbekistonga mintaqadagi muhim savdo-iqtisodiy sherik sifatida qaraydi. O'zaro tovar ayirboshlash ko'rsatkichlari barqaror o'sib bormoqda, bu natija har yili o'rtacha 30 foizga oshayotgani shundan dalolat beradi.
Ushbu mamlakatning yetakchi "The Gulf Observer" va "The Europe Today" onlayn platformalari esa O'zbekiston va Mo'g'ulistonning transport-logistika sohasidagi hamkorligiga e'tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, "The Europe Today" onlayn platformasi, "Global News Pakistan – GNP" axborot agentligi va "Media Today" yangiliklar portallari ham O'zbekiston-Mo'g'uliston munosabatlariga doir maqolalarni o'z o'quvchilari e'tiboriga havola qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi