Pokiston OAV: Termiz shahri Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi aloqalar bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishini qabul qiladi
May 16, 2025. 12:35 • 2 daq
• 82
ISLOMOBOD, 16-may. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari joriy yilning 19-21 may kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tadigan "Tinchlik, do'stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusidagi Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi mintaqaviy bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishini keng yoritmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, mazkur davlatning "Pakistan in the World" va "The Diplomatic Insight" jurnallari, "Pakistan Today", "Daily Ittehad", "Daily Spokesman", "World Tribune", "Global News Pakistan", "Daily Big Digit" va "The Asian Telegraph" gazetalari, "The Gulf Observer" va "The Europe Today" axborot portallarida "19-21-may kunlari Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi aloqalar bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqolalar e'lon qilindi.
Pokiston nashrlari mazkur muloqot formatining ahamiyati va maqsadlarini alohida ta'kidlab, ushbu tashabbusni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim diplomatik qadam sifatida baholamoqda.
Nashrlarda qayd etilishicha, forum mintaqada xavfsizlik, barqaror rivojlanish va iqtisodiy integratsiyani ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yilda BMT Bosh Assambleyasida ilgari surilgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida Termiz muloqoti ko'p tomonlama hamkorlikka xizmat qiladi.
"Forum Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 200 ga yaqin vakillarni bir yerga jamlaydi. Ular orasida siyosiy-iqtisodiy va biznes doiralar vakillari, moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar a'zolari, shuningdek, dunyoning turli tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining nufuzli ekspertlari bor", – deya ma'lum qilingan materiallarda.
Shuningdek, Pokiston ommaviy axborot vositalari mazkurda xalqaro anjuman yakunlari bo'yicha Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari davlatlari o'rtasida ishonch, muloqot va hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqiruvchi kommyunike qabul qilinishini qayd etgan.
"Termiz muloqoti mintaqalararo bog'liqlikni yana-da rivojlantirish, keng Yevroosiyo qit'asida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash istiqbollarini belgilash uchun doimiy hamkorlik platformasi vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan", – deb yozilgan maqolalar yakunida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi