Rossiya OAV: O'zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari o'tkaziladi
May 24, 2025. 13:34 • 2 daq
• 68
MOSKVA, 24-may. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalari 29-30-may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida O'zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari bo'lib o'tishi haqida yozmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Rossiya Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, Madaniyat kunlari doirasida Rossiya xalq artisti Sergey Jilin boshchiligidagi fonograf simfo-jaz orkestri bilan birgalikda rus estrada san'atining taniqli ijrochilarining konsertlari bo'lib o'tadi.
29-may kuni Toshkent shahridagi "O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida taniqli rossiyalik musiqachilarni qabul qiladi. Unda Rossiyada xizmat ko'rsatgan artisti Pelageya, xizmat ko'rsatgan artisti va "Ovoz" shousining ikkinchi mavsumi g'olibi Sergey Volchkov o'z dasturlarini taqdim etishadi.
30-may kuni Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasi hududidagi "Boqiy shahar" ansamblida konsert bo'lib o'tadi.
Konsert doirasida doirasida "Rossiya: tabiat, arxitektura va inson uyg'unligi" nomli noyob fotoko'rgazma bo'lib o'tadi.
Shuningdek, 29-31-may kunlari kunlari esa Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida "ROSKINO" bilan birgalikda Rossiya kinosi festivali o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Festival davomida "Qon guruhi" (rejissyor Maksim Brius), "Madaniy komediya" (rejissyor Vladimir Kott), "To'tiqush Keshaning qaytishi" (rejissyor Oleg Asadulin), "Fedya. Xalq futbolchisi" (rejissyor Nikolay Akelkin), "9 soniya" (rejisser Oleg Shtrom) va "Havo" (rejisser Aleksey German) kabi filmlar namoyish etiladi.
O'zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari mamlakatlarimiz o'rtasida o'rnatilgan madaniy-gumanitar hamkorlik va do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'lishi kutilyapti.
Tadbirlar Rossiya Madaniyat vazirligi va O'zbekiston Madaniyat vazirligi ko'magida o'tkazilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi