Logo

Saudiya OAV: Toshkentda bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi – O'zbekiston o'zligi va qadr-qimmati timsoli

Oktabr 15, 2025. 12:42 • 2 daq

45
Saudiya OAV: Toshkentda bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi – O'zbekiston o'zligi va qadr-qimmati timsoli

AR-RIYOZ, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining ommabop "Nabd Al Hadath" nashrida "O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi shonli o'tmish va yorug' kelajak o'rtasidagi ko'prikdir" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA muxbiri.

"2017-yilda Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi tarkibida Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi boshlandi. Bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavatni tashkil etib, qadimgi me'moriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg'unligi unga alohida ko'rk va salobat bag'ishlagan. Majmuaning to'rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o'rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazning eng asosiy qismida Qur'oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma'naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus'hafi joylashtiriladi. Shuningdek, birinchi va ikkinchi Renessans davrlari yutuqlari, o'zbek xonliklari va Yangi O'zbekiston haqidagi zallar tashkil etiladi, – deb yozgan muallif.

Ta'kidlanishicha, bu markaz shunchaki muzey emas, balki ilg'or aql sohiblarini to'plashda al-Ma'mun va Temur yondashuvidan ilhomlangan ilmiy va madaniy almashinuv platformasidir.

Muallif, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi O'zbekiston o'zligining va qadr-qimmatining qayta tiklanishi timsoli bo'lishini urg'ulagan.

"Ushbu loyiha orqali O'zbekiston madaniy mayoq bo'lish uchun qaytmoqda, dunyoga u shunchaki xaritadagi nuqta emas, balki hayot va ambitsiya bilan urib turgan buyuk sivilizatsiya yuragi ekanligini eslatmoqda" – deb yozilgan "Nabd Al Hadath" maqolasi xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish