Belgiya OAV: Orol dengizi inqirozi nafaqat mintaqaviy, balki global ekologik muammodir
Oktabr 14, 2025. 18:33 • 2 daq
• 66
BRYUSSEL, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Belgiyaning "Eureflect.com" elektron nashrida "Orolbo'yi hududini global iqlim texnologiyalari maydoniga aylantirish: yashil energiya, suv tejamkor texnologiyalar va xalqaro sheriklik imkoniyatlari" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda yozilganidek, O'zbekiston Prezidentining shu yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi ishtiroki nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa uchun chuqur siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Butun dunyo davlat rahbarlarini jamlaydigan ushbu nufuzli minbarda so'zga chiqqan O'zbekiston barqaror rivojlanish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, suv resurslarini samarali boshqarish kabi muhim masalalarni ko'tardi.
"Prezident jahonning eng nufuzli instituti – BMTdagi nutqi orqali O'zbekistonning tashabbuskor va mas'uliyatli davlat sifatidagi xalqaro mavqei va nufuzini yanada mustahkamladi. Ayniqsa, Orolbo'yida amalga oshirilayotgan ekologik va innovatsion tashabbuslarni taqdim etish orqali O'zbekiston dolzarb ekologik muammolarni hal etishda global hamkorlikka ochiqligini namoyish etdi. Ushbu ishtirokning yana bir muhim jihati Orolbo'yi mintaqasini iqlim texnologiyalarini ilgari surish uchun ochiq platforma sifatida ta'kidlab, O'zbekistonning ekologik sohasidagi xalqaro tashabbuslarining global siyosiy kun tartibiga integratsiyalashuvidir", – deb yozgan muallif.
Ta'kidlanganidek, tashrif chog'ida Orolbo'yi bo'yicha tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan katta e'tiborga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida Orolbo'yida yuzaga kelgan ekologik ofat va uning oqibatlarini yumshatish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarga alohida e'tibor qaratdi. Bu masala xalqaro hamjamiyatning jiddiy e'tiborini tortdi va Orol dengizi inqirozi nafaqat mintaqaviy muammo, balki global ekologik muammo sifatida e'tirof etilganini yana bir bor tasdiqladi", – deya urg'ulangan materialda.
"O'zbekistonning Orolbo'yi mintaqasini barqaror rivojlanish va innovatsiyalar markaziga aylantirish tashabbusi xalqaro hamkorlar tomonidan kuchli qo'llab-quvvatlandi. Xususan, "yashil energiya, suvni tejovchi texnologiyalar, ekoturizm, biologik xilma-xillikni tiklash kabi sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun salmoqli imkoniyatlar ta'kidlandi", – deb yozilgan maqolada.
Belgiya OAV yozganidek, tashrif chog'ida Orol muammosining BMTning nufuzli platformasida ko'tarilishi global hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro donor va tashkilotlar e'tiborini yanada kuchaytirish uchun muhim siyosiy va amaliy asos bo'lib xizmat qildi.
Maqola xulosasida, ta'kidlanganidek, "Orolbo'yi mintaqasini iqlim texnologiyalarining global markaziga aylantirish tashabbusi nafaqat mintaqaviy miqyosda, balki butun dunyoda strategik ahamiyatga ega. Uning asosiy mohiyati ekologik barqarorlikni ta'minlash, suv resurslarini tejash, cho'llanish jarayonlarini yumshatish va biologik xilma-xillikni tiklashdan iborat".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi