Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o'rtasida shakllangan yaqin hamkorlik Ispaniya OAV nigohida
Oktabr 14, 2025. 19:04 • 54 soniya
• 42
MADRID, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "Mundiario" onlayn portalida Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro maydondagi o'rniga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Markaziy Osiyo o'zining geostrategik joylashuvi va mintaqaning besh mamlakati o'rtasidagi ko'p tomonlama hamkorlikning rivojlanishi tufayli xalqaro maydonda tobora muhim o'rin egallab borayotgani ta'kidlangan. "Suveren davlatlar – O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston – ko'plab sohalardagi hamkorlikni mustahkamladilar, bu esa 2025-yil 4-aprelda Samarqandda o'tkazilgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammitida o'z aksini topdi", – deyiladi maqolada.
Qayd etilganidek, Markaziy Osiyoda muhim energiya zaxiralari, boy foydali qazilma konlari, jadal rivojlanayotgan qishloq xo'jaligi, shuningdek, kengayib borayotgan turizm imkoniyatlari bilan alohida qiziqish uyg'otadi.
"Parlament va sud-huquq sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik, yangi mintaqalararo transport-kommunikatsiya yo'nalishlarini rivojlantirish so'nggi o'n yillikda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining asosiy ustuvor yo'nalishlariga aylandi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi, BMTning yetakchi ixtisoslashgan muassasalari – FAO, YUNESKO, BMT TD va boshqalar mintaqada rivojlanish va hamkorlik bo'yicha loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishga katta hissa qo'shyapti", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi