Logo

Toshkentda ekologiya va barqaror rivojlanishga bag'ishlangan xalqaro ko'rgazma bo'lib o'tadi

May 30, 2025. 15:22 • 45 soniya

55
Toshkentda ekologiya va barqaror rivojlanishga bag'ishlangan xalqaro ko'rgazma bo'lib o'tadi

KIYEV, 31-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston poytaxtida ekologiya va barqaror rivojlanishga bag'ishlangan "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2025" xalqaro ko'rgazma tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ukrainaning "Open4business" yangiliklar portalida ukrain, ingliz va rus tillarida joylashtirilgan maqolada yozilishicha, O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ukrain kompaniyalari va manfaatdor tashkilotlarni Markaziy Osiyoda ekologiya va barqaror rivojlanishga bag'ishlangan yirik xalqaro ko'rgazmada ishtirok etishga taklif qilmoqda.

2025-yilning 19-iyunidan 21-iyuniga qadar Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2025" ko'rgazmasi ekotexnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi jahon kompaniyalari, innovatsion startaplar, davlat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, barqaror rivojlanish bo'yicha ekspertlarni bir maskanda birlashtiradi.

Qayd etilishicha, ko'rgazmaning sanoat zonalari 16 ta tematik yo'nalishni qamrab oladi va ularning har biri barqaror rivojlanishning asosiy jihatlarini aks ettiradi. Ular orasida ko'kalamzorlashtirish, "yashil" moliya va iqtisodiyot, ekoturizm, Orol dengizi ekologiyasi va boshqa yo'nalishlar bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish