Logo

Pokiston OAV: Farg'ona birinchi Tinchlik forumiga hozirlik ko'rmoqda

Oktabr 13, 2025. 12:54 • 2 daq

56
Pokiston OAV: Farg'ona birinchi Tinchlik forumiga hozirlik ko'rmoqda

ISLOMOBOD, 13-oktabr. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi nashrlari – "Global News Pakistan" axborot agentligi, "Pakistan in the World" jurnali, "Daily Spokesman" va "The Khyber Mail" gazetalari, "Election Times" va "World News" onlayn yangiliklar platformalarida "Farg'onada birinchi Farg'ona tinchlik forumi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" muxbiri.

"Farg'ona bir necha kun mobaynida xalqaro muloqot va hamkorlik markaziga aylanadi. Forum O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Progressiv islohotlar markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT), Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti hamda tinchlik va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tuzilmalarni birlashtiruvchi platforma - Tinchlikni barpo etish xabi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda", – deyilgan nashrlarda.

Ta'kidlanganidek, ikki kun davom etadigan anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Bo'lajak yig'ilishning asosiy o'ziga xos jihati uning inklyuziv xarakterida namoyon bo'ladi. Unda fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va ayollar tashkilotlari, shuningdek ekspert hamda akademik doiralar vakillari faol ishtirok etadilar.

Forumning asosiy maqsadi muloqot, o'zaro ishonch, yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash va Farg'ona vodiysini rivojlantirishning umumiy strategiyasini ishlab chiqish uchun doimiy faoliyat yurituvchi platformani yaratishdan iborat. Tadbir kun tartibidan Farg'ona vodiysining barqarorligi va izchil rivojlanishini ta'minlash, uning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xususiy sektor, yoshlar va fuqarolik jamiyatining rolini kengaytirish masalalari o'rin olgan.

"Farg'ona tinchlik forumi shafeligida qirg'izistonlik hamkorlar va Tinchlikni barpo etish xabi ko'magida ilk bor "Intimak kuni" (Birdamlik kuni) tashkil etiladi", – deb yozgan Pokiston OAV.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish