O'zbekistonning transport-logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash bo'yicha islohotlar Polsha OAV nigohida
Iyun 29, 2024. 10:16 • 2 daq
• 98
VARSHAVA, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. Polshaning "Kurier Kolejowy" jurnalida "Polsha-Osiyo" savdo-sanoat palatasi raisi Yanush Pexochinskining O'zbekiston bilan yuk tashish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag'ishlangan maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

So'nggi yillarda jahon o'rtacha ko'rsatkichidan qariyb uch barobar tez rivojlanayotgan O'zbekiston va Markaziy Osiyo nafaqat yirik qo'shnilari, balki Yevropa Ittifoqining ham e'tibor markaziga aylandi, deb ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, 2023-yilda O'zbekistonga 22,4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etildi. Shu yil 2-3-may kunlari bo'lib o'tgan uchinchi Toshkentda Xalqaro investitsiya forumida O'zbekiston Prezidenti 2024-yilda bu ko'rsatkich 25 milliard dollarga yetishini ma'lum qildi.
"Mintaqa yuk tashish sohasini jadal rivojlantirish uchun juda qulay. Ekspertlar ta'kidiga ko'ra, so'nggi bir yilda Markaziy Osiyoda yuk tashish bozorining 2-3 barobar o'sishini Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonning jahon savdo tarmoqlaridagi tranzit ahamiyati ortib bormoqda", — deyiladi maqolada.
Ta'kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatib, O'rta koridor deb ham ataladigan Transkaspiy xalqaro transport koridorini kengaytirishga e'tibor qaratmoqda. Ushbu yo'l orqali yiliga 120 mingtagacha konteyner tashish kutilmoqda.
"O'zbekistonning transport-logistika jozibadorligini oshirish jarayoni Prezident Shavkat Mirziyoyevning transport yo'laklarini rivojlantirish bo'yicha olib borayotgan faol siyosati samarasidir. Shuningdek, O'zbekiston hududidan o'tuvchi yuklarni eksport va import qilish bo'yicha xalqaro transport yo'nalishlari sxemalari kengaytirilgan va diversifikatsiya qilingan", — deb yozgan muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi