O'zbekiston va Belgiya o'rtasidagi "yashil" hamkorlik Xitoy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida
Oktabr 23, 2025. 19:04 • 2 daq
• 94
PEKIN, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Lookwe" elektron nashrida "O'zbekiston-Belgiya: hamkorlikning yangi imkoniyatlari" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston xalqaro ekologik hamkorlikni faol rivojlantirishda davom etayotgani ta'kidlangan. "Asosiy e'tibor tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilishning barqaror yechimlarini topishga qaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, Belgiya istiqbolli hamkor – atrof-muhitni boshqarish va yashil innovatsiyalar sohasida katta tajribaga ega mamlakat sifatida qaraladi", – deyiladi manbada.
O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi delegatsiyasining 2024-yil oktyabr oyida Belgiyaning Bryugge shahrida bo'lib o'tgan Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi mintaqaviy forumida ishtirok etishi hamkorlik yo'lidagi birinchi qadam bo'ldi. Forum fikr almashish va ikki davlat ekspertlari o'rtasidagi hamkorlikning mumkin bo'lgan yo'nalishlarini muhokama qilish uchun maydon bo'ldi, deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, Belgiya chiqindilarni boshqarish, resurslarni qayta ishlash va aylanma iqtisod tamoyillarini amalga oshirish bo'yicha Yevropaning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Bu tajriba chiqindilarni boshqarish va "yashil" energiyani rivojlantirishga zamonaviy yondashuvlarni faol joriy etayotgan O'zbekistonda katta qiziqish uyg'otmoqda.
Xitoy OAV yozganidek, suv resurslariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Har ikki davlat ham suv tanqisligiga duch kelmoqda va Belgiyaning Sheld va Maas kabi transchegaraviy daryolarni boshqarish tajribasi O'zbekistonda suv boshqaruvi tizimlari va suv sifati monitoringini yaxshilash uchun foydali misol bo'la oladi.
"Hamkorlikning alohida yo'nalishi fan va ta'limdir. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishi universiteti Belgiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish niyatida. Ushbu ta'lim muassasalari atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislik va tadqiqotlar bo'yicha jahon yetakchilaridan bo'lib, talabalar va ilmiy almashinuvlar hamda qo'shma loyihalar uchun katta imkoniyatlar ochmoqda", – deya urg'ulangan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi