Erondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining COP29dagi nutqida iqlim o'zgarishi asosiy global muammoga aylangani alohida ta'kidlandi
Noyabr 14, 2024. 12:56 • 2 daq
• 101
TEHRON, 14-noyabr. "Dunyo" AA/. Eronning "Pars Neopan" kompaniyasi bosh direktori Muhammad Favakex "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidentining Bokuda bo'lib o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidentining SOR29dagi nutqida iqlim o'zgarishi asosiy global muammoga aylangani va geosiyosiy keskinlikning kuchayishiga bevosita ta'sir ko'rsatayotganini alohida ta'kidlandi. Iqlim o'zgarishi, jumladan, suv resurslarining qisqarishi va ekotizimlarning degradatsiyasining jiddiy oqibatlarini boshdan kechirayotgan Markaziy Osiyoga alohida e'tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev global iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator global tashabbuslarni ilgari surdi.
Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirish va O'zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion agrosanoat xabini ochish tashabbuslarini alohida ta'kidlash kerak.
Ushbu chora-tadbirlar o'sib borayotgan iqlim beqarorligi sharoitida qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar almashinuvi uchun muhim platformaga aylanadi.
Kun tartibidagi yana bir muhim voqea – bu O'zbekiston, Ozarbayjon va Qozog'iston Prezidentlari o'rtasida Kaspiy dengizi bo'ylab qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va uzatish bo'yicha memorandum imzolangani bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi