Germaniyadan munosabat: O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rni tobora mustahkamlanib bormoqda
Noyabr 04, 2023. 13:43 • 2 daq
• 88
BERLIN, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. Germaniyadagi Bayroyt universitetining professori Markus Fidler Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning 1-2 noyabr kunlari O'zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari yuzasidan quyidagi fikrlarini "Dunyo" AA bilan o'rtoqlashdi:

- Fransiya Prezidentining O'zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi o'ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Shu bilan birga, so'nggi yillar davomida O'zbekistonning ta'sirchan iqtisodiy rivojlanishi xorijiy kompaniyalarning e'tiborini borgan sari ko'proq tortoqda. Buning sababi 36 million aholiga ega bo'lgan O'zbekiston ular uchun juda jozibali bozor hisoblanishi bilan izohlanadi.
Ma'lumki, Fransiya Germaniya bilan birga ko'pgina sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yo'nalishda Yevropa Ittifoqining lokomotiv mamlakatlari hisoblanadi. Shu bois Prezident Mirziyoyevning Fransiya biznesi respublikada faol ish olib borishi uchun barcha qulayliklarni yaratishga bo'lgan intilishi, O'zbekistondagi faoliyat kafolatlari haqidagi bayonoti hamma xorijiy kompaniyalar uchun ijobiy ishoradir. Bularning barchasi O'zbekiston rahbariyatining o'z mamlakatini Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiya markaziga aylantirishga bo'lgan niyati qat'iy ekanligidan dalolat beradi.
Yaratilgan qulay shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda komil ishonch bilan aytish mumkinki, kelajakda O'zbekiston Yevropaning yetakchi kompaniyalari uchun diqqatga sazovor markazga aylanishi va shu tariqa respublikaga yangi sarmoyadorlarning kirib kelishi, mamlakatda allaqachonlardan beri biznesini olib borayotgan kompaniyalar esa o'z faoliyatlarini kengaytirishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashrif natijasida O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan ikki tomonlama hujjatlarning katta to'plami imzolandi. Bu zamonaviy davlatlar o'z xalqlari manfaati uchun bir-birlari bilan qanday munosabatda bo'lishlari va o'zaro tushunish va hamkorlikka intilishlari kerakligi nuqtai nazaridan ajoyib namuna hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi