Malayziyadan munosabat: O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish masalalariga jiddiy e'tibor qaratmoqda

Dekabr 04, 2023. 11:27 • 2 daq

1462
Malayziyadan munosabat: O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish masalalariga jiddiy e'tibor qaratmoqda

Kuala-LUMPUR, 4-dekabr. /"Dunyo" AA/. Islom hamkorlik tashkilotining Malayziyadagi Xalqaro biznes markazi bosh ijrochi direktori Muhammad Tolib Bin Mohamad Raja Mohan "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi:

- Prezident Shavkat Mirziyoyevning Dubayda bo'lib o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasining (COP28) asosiy yalpi majlisidagi nutqini diqqat bilan o'qib chiqdim. Darhaqiqat, iqlim o'zgarishi bizning davrimizning eng jiddiy ekologik muammosidir.

O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilayotgani quvonarlidir. Mamlakatingizda ekologik muammolarni, xususan, Orol dengizining qurishi oqibatlari bilan bog'liq muammolarni hal etish bo'yicha misli ko'rilmagan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Orol dengizining qurigan tubini ko'kalamzorlashtirish, cho'lni vohaga aylantirish tashabbusi alohida e'tiborga loyiq. Umumiy maydoni 2 million gektar maydonda o'rmon barpo etish orqali  Orolbo'yida havo ifloslanishi oldi olinadi.

Bugun dunyoda Orol fojiasi bilan bog'liq salbiy o'zgarishlar nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki global miqyosdagi barqaror taraqqiyotga ham jiddiy xavf tug'dirayotganini anglash kuchayib bormoqda.

Shu munosabat bilan men Orolbo'yi hududini ekologik ofat zonasidan «innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar mintaqasi»ga aylantirish va bu yerda Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabini tashkil etish g'oyasini to'liq qo'llab-quvvatlayman.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish