O'zbek gilami va xalq amaliy san'ati namunalari Ashxobodda o'tgan xalqaro ko'rgazmada e'tirof etildi
May 27, 2025. 12:30 • 41 soniya
• 52
ASHXOBOD, 27-may. /"Dunyo" AA/. Turkmaniston poytaxtida gilam mahsulotlari ko'rgazmasi va Butunjahon turkman gilamchilari uyushmasining XXV yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning ochilish marosimida Turkmaniston Mejlisi raisi Dunyagozel Gulmanova, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Ashxobodda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mamlakat to'qimachilik sanoati korxonalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Anjuman doirasida Respublika turkman milliy madaniy markazi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Guldona Avezdurdiyeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan o'zbek gilami va xalq amaliy san'ati namunalari ko'rgazmasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz stendiga tashrif buyurgan turkman rasmiy va jamoatchilik vakillari hamda xorijiy mehmonlar O'zbekistonning boy madaniyati va san'atini, jadallik bilan rivojlanib borayotgan sayyohlik salohiyati alohida e'tirof etishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi