Olmaota shahridagi Abilayxon Kosteyev nomidagi muzeyga "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" nomli kitob-albomlar topshirildi
Mart 30, 2024. 11:21 • 42 soniya
• 111
OLMAOTA, 30-mart. /"Dunyo" AA/. Olmaota shahridagi Abilayxon Kosteyev nomidagi muzeyga "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" nomli noyob 50 jildli kitob-albomlar topshirildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu kitoblarda xorij muzeylarida saqlanayotgan O'zbekiston tarixi va madaniyati bilan bog'liq nodir eksponatlar haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan.
Muzeylarga kitob sovg'a qilish O'zbekiston milliy madaniyati uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu mamlakatning noyob merosini asrab-avaylash va targ'ib qilish imkonini beradi, shuningdek, O'zbekiston tarixi va madaniyatini jahon miqyosida o'rganishga xizmat qiladi.
Kitoblarni topshirish tadbirida ishtirok etgan mamlakatimiz diplomatlari va muzey rahbariyati "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" kitob-albomlari O'zbekiston tarixini chuqur o'rganish va targ'ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.
Muzey direktori Gulaim Jumabekova bunday qimmatli madaniy merosni qabul qilish va o'rganish katta sharaf ekanligini aytib o'tdi. Shuningdek, u O'zbekiston tarixiga oid bebaho materiallarni o'z ichiga olgan kitoblarni muzey ekspozitsiyasiga sovg'a qilingani uchun minnatdorlik bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi