Logo

O'zbekiston va Turkmaniston madaniyat sohasidagi hamkorlikni jadallashtiradi

May 29, 2025. 16:54 • 29 soniya

626
O'zbekiston va Turkmaniston madaniyat sohasidagi hamkorlikni jadallashtiradi

ASHXOBOD, 29-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston madaniyat vaziri Atageldi Shamuradov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, ikki davlatda madaniyat va kino kunlarini o'tkazish, ijodiy jamoalar almashinuvini amalga oshirish, xalqaro festival va ko'rgazmalarda ishtirok etish, muzey ishi va turizm sohasida hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlash, ikki qardosh davlat madaniy muloqotini faollashtirish maqsadida aniq qo'shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish