Logo

O'zbek tili – buyuk meros va madaniyatga ega xalqning tili

Oktabr 22, 2025. 10:44 • 45 soniya

168
O'zbek tili – buyuk meros va madaniyatga ega xalqning tili

AR-RIYOZ, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjumanda Saudiya Arabistonida bo'lib turgan vatandoshlar va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok qatnashdi.

Tadbir avvalida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan xalqimizga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi.

So'zga chiqqanlar o'zbek tili – buyuk meros va madaniyatga ega xalqning tili ekanligini alohida urg'uladilar. Shuningdek, o'zbek tilining hayotimizdagi o'rni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati va xalqaro miqyosdagi nufuzi haqida to'xtaldilar.

Ishtirokchilar bilan ona tilimizni asrash va rivojlantirish, uni yosh avlod orasida keng targ'ib qilish, davlat tili sifatidagi mavqeini mustahkamlash istiqbollari xususida fikr almashildi. Saudiyada o'zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlar sonini ko'paytirish, tarjima ishlarini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Vatandosh talabalar ona tilimizga bag'ishlangan she'rlarni o'qib berishdi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish