Logo

O'zbek tili – millatimiz faxri

Oktabr 22, 2025. 20:35 • 42 soniya

77
O'zbek tili – millatimiz faxri

ISTANBUL, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Kent universitetida 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbiri mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, O'zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiya markazi, O'zbekiston Madaniyat vazirligi va Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti ko'magida tashkil etildi.

Unda so'z olgan diplomatlar o'zbek tili – millat faxri ekanini, uni asrab-avaylash va rivojlantirish har bir fuqaroning sharafli burchi sanalishini ta'kidladilar. Davlatimiz rahbariyati tomonidan o'zbek tilining mavqeini yana-da yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida alohida to'xtalib o'tildi. 

Turkiya tomoni o'z navbatida, O'zbekiston rahbariyati tomonidan davlat tilini rivojlantirish va jahon miqyosida mavqeini ko'tarish borasidagi sa'y-harakatlarini yuksak baholadi.

Tantanalarning madaniy qismida O'zbekiston xalq artisti Munojat Yo'lchiyeva va Ilyos Arabov ijrosidagi ona tilimizni madh etuvchi qo'shiqlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish