O'zbek tili bayrami kuni Budapeshtda ham keng nishonlandi
Oktabr 22, 2025. 16:58 • 51 soniya
• 191
BUDAPESHT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning Lorand Etvesh nomidagi ELTE universitetida 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Vengriyada tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar, ELTE universiteti professor-o'qituvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar o'zbek tilining millat ma'naviyati, milliy o'ziga xoslik va madaniy merosni saqlash hamda avloddan-avlodga yetkazishdagi muhim o'rni haqida to'xtaldilar. O'zbek tilini xalqaro miqyosda targ'ib qilish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va xalqlar o'rtasida do'stona aloqalarni mustahkamlashda bunday tadbirlarning ahamiyati ta'kidlandi.
Talabalar o'zbek tilini o'rganish va amaliyotda qo'llash bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi. Vengriya olim va mutaxassislari esa o'zbek tili va madaniyatiga bo'lgan qiziqishlari, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollari haqida aytib o'tdilar.
Tadbirning madaniy qismida mehmonlar o'zbek an'analari, milliy musiqa va gastronomik merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldi.
ELTE universiteti o'tkazilgan O'zbek tili bayrami kuni Vengriyada o'zbek madaniyati va tilini targ'ib qilish yo'lida muhim qadam bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi