Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 23-aprel

Aprel 23, 2025. 06:51 • 2 daq

79
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 23-aprel

Yilning 113-kuni. Yil yakunlanishiga 252 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: Toshkentda "Xitoyning ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish tajribasining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

1994-yil: Toshkentda birinchi Respublika fond birjasi va yarmarka auksionlari bo'lib o'tdi.

1997-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya elchisini qabul qildi.

1999-yil: O'zbekiston Prezidenti tashrif bilan AQSH bo'ldi.

O'zbekiston va Tailand hukumatlari o'rtasida "Ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish va daromad soliqlarini to'lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to'g'risida"gi konvensiya imzolandi.

2003-yil: O'zbekiston Prezidenti Daniya, Belgiya va Avstraliya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

2010-yil: O'zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT Bosh kotibi va SHHT MATT Ijroiya qo'mitasi direktorini qabul qildi.

Davlat rahbari Xitoy Davlat kengashi a'zosi, jamoat xavfsizligi vazirini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidentining taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Ikki davlat rahbarlari Qo'shma bayonotni imzoladilar.

O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ishtirokida poytaxtimizdagi "Ashxobod" sayilgohining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti to'qimachilik sanoati barqarorligini ta'minlash, pandemiyaning sohaga ta'sirini yumshatish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Bangladesh, Chexiya, Misr, Iordaniya, Turkiya va Rossiya elchilaridan hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston elchisini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi "Texnopark"da ishga tushirilgan yangi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Jahonda:

Birlashgan Millatlar Tashkilotida "Ingliz va ispan tillari kuni";

YUNESKOda "Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni";

Turkiyada "Milliy Mustaqillik va bolalarni himoya qilish kuni";

Estoniyada "Faxriylar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish