Ashxobodda O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi
Oktabr 22, 2025. 09:55 • 2 daq
• 63
ASHXOBOD, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Davletmammet Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari institutida 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda institut professor-o'qituvchilari va talabalari, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Turkiya elchilari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida Davletmammet Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari instituti rektori Maksat Chariyev va O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov so'zga chiqib, ona tilining inson kamoli, ma'naviyati va milliy o'zlikni anglashidagi beqiyos o'rniga, ona tilini asrash va rivojlantirish millatning yuksalishi bilan uzviy bog'liqligiga e'tibor qaratdilar.
O'zbek tilining ko'p asrlik tarixi, uning boy adabiy merosi, zamonaviy o'zbek tili esa shu tarixiy ildizlar asosida rivojlanib, bugungi kunda mustaqil O'zbekiston taraqqiyotining jonli ifodasiga aylanganligi ta'kidlandi.
1989-yil 21-oktyabrda "Davlat tili to'g'risidagi"gi qonunning qabul qilinishi, 2020-yildan buyon esa O'zbek tili bayrami kuni keng nishonlanishi o'zbek tilining maqomini yana-da yuksaltirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
O'zbek va turkman tillarining yaqinligi, ularning umumiy ildizi va tarixiy rishtalar haqida aytib o'tildi. O'zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining tashabbuslari va sa'y-harakatlari tufayli ikki qardosh mamlakat o'rtasida o'rtasidagi do'stona munosabatlar va yaqin hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani urg'ulandi.
Institut talabalari Alisher Navoiy, Mahtumquli Firog'iy, Abdulla Oripov, Mollanepes, Erkin Vohidov, Davletmammet Azadiy, Zulfiya kabi o'zbek va turkman shoirlarining she'rlaridan o'qib berdilar. Ijro etilgan o'zbek va turkman ashula va raqslari tadbirga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
O'zbekiston elchixonasi nomidan tadbirda faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg'alari, shuningdek, Davletmammet Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari instituti kutubxonasiga o'zbek tilshunosligining qimmatli ilmiy manbai bo'lgan besh jildlik "O'zbek tilining izohli lug'ati" to'plami topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi