Logo

Qozon shahrida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Oktabr 28, 2025. 20:11 • 59 soniya

41
Qozon shahrida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

QOZON, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Qozon shahrida 21 oktyabr – O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan sanaga bag'ishlangan anjuman Buxoro davlat universitetining delegatsiyasi Tataristonga safari doirasida Qozon (Volgabo'yi) federal universiteti Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya instituti bilan hamkorlikda uyushtirildi.

Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya Instituti Mirzo Ulug'bek nomidagi markazda o'tkazilgan tadbir so'z olganlar o'zbek tilining boy tarixi, uning madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizni saqlashdagi beqiyos ahamiyati, davlat tili nafaqat muloqot vositasi, shuningdek, xalqimizning ma'naviy boyligi, mustaqilligimiz va milliy birligimiz timsoli ekanini ta'kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilar mazkur formatdagi madaniy-ma'rifiy tadbirlarning o'tkazilishi nafaqat davlatlar o'rtasidagi fan va ta'lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga, balki madaniyatlararo muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishga yordam berishini qayd etishdi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi Markaz Qozon (Volgabo'yi) Federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya instituti negizida 2022 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Markaz o'zbek tili, adabiyotini va madaniyatini ommalashtirish, rivojlantirish va ilmiy-ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir so'ngida markazga o'zbek tilidagi darslik, o'quv qo'llanmalari va adabiyotlar taqdim qilindi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish