Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 1-iyun

Iyun 01, 2025. 06:56 • 54 soniya

88
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 1-iyun

Yilning 152-kuni. Yil yakunlanishiga 213 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1994-yil: Toshkentda yosh huquqshunoslarning "O'zbekistonning mustaqil huquqiy yo'li: tajriba va muammolar" mavzusidagi birinchi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi yakunlandi.

2011-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi, Litva tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Ohangaron shahridagi "Qaldirg'och" davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Surxondaryo viloyatiga kelib, Sherobod tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi quriladigan maydonga bordi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti huzurida sog'liqni saqlash sohasidagi vazifalar ijrosi hamda kelgusidagi rejalar ko'rib chiqildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezidentini qabul qildi.

2024-yil: G'ijduvon tumanida Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni";

- "Butunjahon ota-onalar kuni";

- Rossiyada "Shimoliy flot kuni";

- Xitoyda "Bolalar kuni";

- Mo'g'ulistonda "Ona va bola kuni";

- Tunisda "Konstitutsiya kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish