Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 1-noyabr

Noyabr 01, 2025. 06:53 • 57 soniya

156
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 1-noyabr

1-noyabr – yilning 305-kuni. Yil tugashiga 60 kun qoldi.

Ushbu sanada Oʻzbekistonda:

2004-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Markaziy Osiyo boʻyicha amaldagi raisining shaxsiy vakilini qabul qildi.

2015-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida AQSH davlat kotibini qabul qildi.

2017-yil: Oʻzbekiston Prezidenti BMT bosh kotibining oʻrinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarma ijrochi direktorini qabul qildi.

2019-yil: Oʻzbekiston Prezidenti SHHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 18-yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2019-yil: Oʻzbekiston Prezidenti SHHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 18-yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasining Davlat kengashi Bosh vazirini qabul qildi.

2022-yil: Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2023-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Oʻzbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

2024-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Jahonda:

Meksikada — Oʻliklar kuni.

Rossiyada — Sud ijrochilari kuni.

Qirgʻizistonda — Militsiya kuni.

Antigua va Barbudada — Mustaqillik kuni.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish