"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 10-noyabr
Noyabr 10, 2025. 07:08 • 44 soniya
• 140

10 Noyabr – yilning 314-kuni. Yil yakunlashiga 51 kun qoldi.
Oʻzbekistonda:
1993-yil: Olmota shahrida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari ikki mamlakat oʻrtasidagi integratsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish hamda muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazdilar.
2015-yil: Oʻzbekiston Prezidenti "Lukoyl" neft kompaniyasi prezidentini qabul qildi.
2017-yil: Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo: yagona oʻtmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va oʻzaro farovonlik yoʻlida hamkorlik" mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.
2020-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida videokonferensiya shaklida ishtirok etdi.
2022-yil: Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar rahbarlari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti raisligida oʻtgan yigʻilishda Turkmaniston Xalk Maslaxati Raisi, Turkiya Prezidenti, Ozarbayjon Prezidenti, Qozogʻiston Prezidenti, Qirgʻiziston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri ishtirok etdilar.
2023-yil: "Koʻksaroy" rezidensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya Prezidentini tantanali qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi