Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 11-iyun

Iyun 11, 2025. 01:04 • 52 soniya

64
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 11-iyun

Yilning 162-kuni. Yil yakunlanishiga 203 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentining MDH davlatlari bilan aloqalar bo'yicha maxsus vakilini qabul qildi.

2010-yil: Toshkentda ShHT sammiti tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi o'z ishini boshladi.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida SHHTga a'zo davlatlar rahbarlari bilan birga kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari, sammit mehmonlari hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

2015-yil: BMT Bosh kotibi rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan videoaloqa orqali muzokara o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Tojikistonga rasmiy tashrifi doirasida Dushanbedan Xo'jandga bordi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjon madaniyati kunlarini o'tkazish doirasida mamlakatimizda bo'lib turgan Ozarbayjon madaniyat vazirini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti AQSh Savdo vakilini qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro o'yin kuni";

- AQShda Benjamin Franklin oshxona pechini ixtiro qilgan kun (1742-yil);

- Doktor Xaus nomi bilan tanilgan britaniyalik mashhur aktyor, rejissyor, qo'shiqchi va musiqachi tug'ilgan kun (1959-yil);

- Gretsiyada amaldagi Konstitutsiya qabul qilingan kun (1975-yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish