"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 11-may
May 11, 2025. 07:36 • 2 daq
• 55

Yilning 121-kuni. Yil yakunlanishiga 234 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: O'zbekiston Prezidenti Yangi Zelandiya Bosh vazirining maxsus vakilini qabul qildi.
1993-yil: Toshkentda islomgacha bo'lgan yozuv va ularning yodgorliklarini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy anjuman ochildi.
1997-yil: Shveysariya Moliya departamentining Federal maslahatchisi va rahbari O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
2004-yil: Umumta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasi holatini o'rganish va 2004-2008-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo'yicha maxsus komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2009-yil: Mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Janubiy Koreya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Pekin shahriga jo'nab ketdi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga Qozon shahridagi maktabda sodir bo'lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo'lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti g'allachilikdagi islohotlarning muhim bosqichiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
2023-yil: Davlatimiz rahbari raisligida hududlarda energiya ta'minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
Jahonda:
- Laosda "Konstitutsiya kuni";
- Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilingan kun (1949);
- Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi muntazam teleko'rsatuv efirga uzatildi (1928);
- Belorusda Davlat bayrog'i, gerbi va madhiyasi qabul qilingan kun.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi