"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 13-iyun
Iyun 13, 2025. 07:09 • 43 soniya
• 60

Yilning 164-kuni. Yil yakunlanishiga 201 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1995-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya Tashqi iqtisodiy hamkorlik jamg'armasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
1997-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Koreyaning "Dayewoo" kompaniyalar guruhi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2011-yil: Rossiya Prezidenti O'zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishini o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidentining "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi "Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive" korxonasini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahriga bordi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi samaradorlikni oshirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidenti AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondoni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Jahonda:
-Xalqaro albinizmdan xabardorlik kuni.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi