Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 13-may

May 13, 2025. 07:00 • 1 daq

60
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 13-may

Yilning 133-kuni. Yil yakunlanishiga 232 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1994-yil: O'zbekiston Prezidenti Britaniyaning "Lonro" kompaniyasi prezidentini qabul qildi.

1997-yil: Toshkentda qishloq uchun zamonaviy mini-texnologiyalar va jihozlarning respublikada birinchi ko'rgazma-savdosi bo'lib o'tdi.

2002-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Toshkent issiqlik elektrostansiyasini zamonaviylashtirishga berilayotgan Yaponiya hukumatining imtiyozli kreditidan foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2008-yil: O'zbekiston Prezidenti Indoneziya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2016-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yana-da yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti ishtirokida Farg'ona shahrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazildi. Davlatimiz rahbari Farg'ona shahrida "Yangi O'zbekiston" massivining qurilish maydonida bo'ldi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti "Humo Arena" sport saroyiga tashrif buyurib, boks bo'yicha jahon chempionatini tomosha qildi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidentiga mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo'yicha axborot berildi.

O'zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri o'rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Jahonda:

- Braziliyada quldorlikni bekor qiluvchi "Oltin qonun" qabul qilindi (1888);

- Rossiyada "Qora dengiz floti kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish