Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 14-avgust

Avgust 14, 2025. 07:23 • 41 soniya

48
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 14-avgust

Yilning 226-kuni. Yil yakunlanishiga 139 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1996-yil: Toshkentda Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti tomonidan tashkil etilgan "Ijtimoiy siyosat, dasturlar va loyihalar" maxsus seminarining uchinchi qismi ochildi.

2002-yil: O'zbekiston Prezidentining mamlakatning bir yilga mo'ljallangan Davlat byudjeti loyihasi bo'yicha yig'ilishi bo'lib o'tdi.

2006-yil: O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining majlisi bo'lib o'tdi.

2007-yil: O'zbekiston Prezidenti Arab davlatlari ligasi bosh kotibini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida mamlakatimiz iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- Pokistonda "Mustaqillik kuni";

- Telegram messenjeri tashkil etilgan kun;

- Parijda dunyoda birinchi marta haydovchilik guvohnomasi berildi (1893-yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish