Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 15 oktabr

Oktabr 15, 2025. 06:32 • 45 soniya

229
"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 15 oktabr

Yilning 288-kuni. Yil yakunlanishiga 77 kun qoldi

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2004 yil: Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi.

2008 yil: O'zbekiston Prezidenti Malayziya, Eron, Isroil va Belarus elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

2019 yil: Bokuda O'zbekiston va Turkiya Prezidentlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Boku shahrida o'tayotgan Turkiy kengash sammiti tadbirlari doirasida O'zbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vazirini qabul qildi.

2020 yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2021 yil: O'zbekiston Prezidenti MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi yubiley majlisida ishtirok etdi.

2024 yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Olmaliq shahridagi "Yoshlik-1" konini o'zlashtirish va uning negizida barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.

Jahonda:

- "Xalqaro qishloq ayollari kuni";

- Braziliyada "O'qituvchilar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish