Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 16 oktabr

Oktabr 16, 2025. 06:40 • 44 soniya

222
"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 16 oktabr

Yilning 289-kuni. Yil yakunlanishiga 76 kun qoldi

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2009 yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari, keng ko'lamli o'zgarishlar bilan tanishish maqsadida Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi.

2018 yil: O'zbekiston Prezidenti kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

2019 yil: O'zbekiston Prezidenti chorvachilik va bog'dorchilik sohalarini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2020 yil: O'zbekiston Prezidenti BAA, Eron, Ukraina, Italiya, Isroil, Pokiston va Hindiston elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

2023 yil: O'zbekiston Prezidenti Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqand viloyatiga bordi.

O'zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) bosh kotibini qabul qildi

Jahonda:

- "Jahon oziq-ovqat kuni";

- "Butunjahon non kuni";

- "The Walt Disney Company" kinokompaniyasiga asos solindi (1923 yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish