Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 17-may

May 17, 2025. 07:39 • 2 daq

79
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 17-may

Yilning 137-kuni. Yil yakunlanishiga 228 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1996-yil: O'zbekiston Prezidenti Moskva shahrida bo'lib o'tgan MDHga a'zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 20-majlisida ishtirok etdi.

1999-yil: Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi jarayonida butun temir yo'l tarmog'i bilan bog'lovchi qariyb 20 kilometr uzunlikdagi Jiyron-Sho'rtan temir yo'l liniyasi foydalanishga topshirildi.

2007-yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog'istonga tashrif buyurdi.

2011-yil: O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Hindistonga bordi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Pentagonda AQSH mudofaa vaziri bilan muzokara olib bordi, AQSH Davlat departamentiga va Vashington shahridagi Jahon banki shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti rahbarligida Andijon viloyati hokimligida faollar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg'armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya milliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida tovar-xomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida o'tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig'ilishida ishtirok etdi.

O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Xitoyga jo'nab ketdi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

"Ko'ksaroy" qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Jahonda:

- "Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni";

- Latviyada "O't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar kuni";

- Nigeriya va Norvegiyada "Konstitutsiya qabul qilingan kun";

- Nyu-York fond birjasi tashkil etildi (1792-yil).

- Kananing Monreal shahri tashkil etilgan kun (1642).

- Qozog'iston Prezidenti tug'ilgan kun.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish