Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 19-may

May 19, 2025. 07:09 • 2 daq

70
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 19-may

Yilning 139-kuni. Yil yakunlanishiga 226 kun qoldi

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1997 yil: Toshkentda "Mustaqillik – baxtimiz va farovonligimiz" shiori ostida Markaziy Osiyo respublikalari adiblarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

2003 yil: O'zbekiston Prezidenti Italiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosarini qabul qildi.

2005 yil: O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi.

2018 yil: O'zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Prezidenti Kubada yo'lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani munosabati bilan Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisiga hamdardlik bildirdi.

2020 yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2021 yil: O'zbekiston Prezidenti "Rossiya temir yo'llari" OAJ bosh direktori – boshqaruvi raisini qabul qildi.

2022 yil: O'zbekiston Prezidenti geologiya sohasini yana-da rivojlantirish, foydali ma'danlar va yerosti suvi zaxiralarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2023 yil: O'zbekiston Prezidenti qo'shma korxonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

O'zbekiston Prezidenti Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidentini qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Butunjahon halol o'yin kuni";

- Rossiyada "Farmatsevtika xodimlari kuni";

- Turkiyada "Otaturkni xotirlash, yoshlar va sport kuni";

- Tataristonda "Tatar matbuoti kuni";

- Vyetnamda Xo Shi Min tug'ilgan kun.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish