«Dunyo» AA taqvimi: 2025-yil 2-noyabr
Noyabr 02, 2025. 07:44 • 55 soniya
• 186

2-noyabr — yilning 306-kuni. Yakungacha 59 kun qoldi
Ushbu sanada Oʻzbekistonda:
2005-yil: Oʻzbekiston Prezidenti AQSH Kongressi Qoʻshma palatasi a'zosi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi bilan uchrashdi.
2007-yil: Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazirini qabul qildi.
2007-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisini qabul qildi.
2010-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Estoniya Bosh vazirini qabul qildi.
2017-yil: Oʻzbekiston Prezidenti MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Hukumati Raisini qabul qildi.
2018-yil: Oʻzbekiston Prezidenti xalq ta'limi tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
2021-yil: Prezident raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash va yashil hududlarni kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
2023-yil: Qozogʻiston Prezidentining taklifiga binoan Oʻzbekiston Prezidenti Ostona shahriga ishchi tashrif bilan bordi.
2023-yil: Oʻzbekiston Prezidentining taklifiga binoan Fransiya Prezidenti mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi.
Jahonda:
BMT — Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni.
Belarus — Ajdodlar xotirasi kuni.
Gvatemala, Gonduras, Meksika, Salvador — Oʻliklar kuni.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi