Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 20-iyul

Iyul 20, 2025. 07:53 • 33 soniya

63
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 20-iyul

Yilning 201-kuni. Yil yakunlanishiga 164 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: O'zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan BMTning O'zbekistondagi doimiy vakilini qabul qildi.

1999-yil: O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston bo'yicha "6+2" guruhi Toshkent uchrashuvi ishtirokchisi, AQSH Davlat kotibi o'rinbosarini qabul qildi.

2018-yil: Davlatimiz rahbari O'zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti arxitektura va qurilish sohasidagi islohotlar natijalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida qatnashish uchun Qirg'izistonga keldi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro shaxmat kuni";

- Kolumbiyada "Mustaqillik kuni";

- Norvegiyada valiahd shahzoda Xoqon Magnus tug'ilgan kun.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish