"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 21-may
May 21, 2025. 06:45 • 2 daq
• 57

Yilning 141-kuni. Yil yakunlanishiga 224 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1994-yil:O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi o'rinbosari, BMTning giyohvandlik vositalarining tarqalishi va ishlatilishini nazorat qilish bo'yicha xalqaro dastur ijrochisini qabul qildi.
1996-yil: O'zbekiston Prezidenti Ruminiya, AQSH va Yamanning mamlakatimizga tayinlangan elchilarini qabul qildi.
2010-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammitida ishtirok etdi. Ushbu sammit doirasida O'zbekiston va AQSH rahbarlarining ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidentining Qozog'iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi. Unda ikki davlat iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligida mavjud ulkan salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgan hududlararo aloqalarni faollashtirish muhokama qilindi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Indoneziya Prezidentini ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, odamlar hayoti bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti videoanjuman shaklida o'tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi va mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo'lgani munosabati bilan do'st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Jahonda:
- "Muloqot va taraqqiyot uchun Jahon madaniy xilma-xilligi kuni";
- "Xalqaro choy kuni";
- Hindistonda "Terrorizmga qarshi kurashish kuni";
- Rossiyada "Kavkaz urushi qurbonlarini xotirlash kuni";
- Qozog'istonda "Madaniyat va san'at xodimlari kuni";
- Chilida "Dengiz floti kuni";
- Chernogoriyada "Mustaqillik uchun referendum kuni" (2006).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi